O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida yuqoriladi

11:38 07 Iyun 2018 Jamiyat
1813 0

Speedtest Global Index ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki oyda O‘zbekistonda internet tezligi oshgan.

Mazkur ro‘yxat Irlandiyaning Ookla kompaniyasi Speedtest.net internet-servisi tomonidan har oy e’lon qilinib kelinadi.

Xususan, may oyi hisoboti bo‘yicha O‘zbekiston ikki pozitsiya yuqorilab, 125 davlat ichida endi 113-o‘rinni egallab turibdi(8,91 Mbit/s).

Simli internet bo‘yicha esa mamlakatimiz turgan o‘rin o‘zgarmadi, ya’ni 135 davlat ichida 125-pog‘ona(6,82 Mbit/s). Lekin bu boradagi bitta ijobiy o‘zgarish shuki, aprel oyidagi ko‘rsatkich 6,78 Mbit/s.ga teng bo‘lgandi.

Mobil internet bo‘yicha reytingni Norvegiya 62,70 Mbit/s. bilan boshqarib borayotgan bo‘lsa, simli internet yo‘nalishida esa Singapur yetakchilik qilayapti – 170,99 Mbit/s.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda internet imkoniyatlarini kengaytirish ustida mahalliy mutaxassislardan tashqari 20dan ziyod xorijlik ekspertlar ham ish olib borayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер