Oʻzbekiston milliy jamoasining 2 aʼzosi Osiyoning FIFA kunlaridagi ramziy terma jamoasiga kiritildi
Futbol boʻyicha Jahon chempionatining Osiyo qitʼasida 3-bosqich saralashida ikkita tur oʻtkazildi. Mashhur “SofaScore” nashri ushbu ikki turda eng faol qatnashgan futbolchilardan ramziy terma jamoa shakllantirdi.
Ikkinchi tur ramziy jamoasiga “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov hamda sobiq “Nasaf” himoyachisi Husniddin Aliqulov kiritildi.
Portal Shomurodovning oʻyinini 10 ballik tizimda 8,4 bahoga loyiq topgan boʻlsa, Aliqulovning harakatlari 8 ballga munosib koʻrilgan.

Qayd etish kerakki, Oʻzbekiston terma jamoasi 2-turda Qirgʻiziston mehmoni boʻldi va murosasiz kechgan uchrashuvda 3:2 hisobida gʻalaba qozongandi. Ushbu uchrashuvda Eldor Shomurodov va Husniddin Aliqulovlar jamoaning bittadan goliga mualliflik qilishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring