Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “CAFA National Cup” finalida oʻynaydi
Kecha, 5-sentyabr kuni Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “CAFA National Cup” turnirining “A” guruhida uchinchi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Turni yakunlab bergan bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qirgʻiz Respublikasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 4:0 hisobida Timur Kapadze shogirdlarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Akmal Mozgovoy, Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev va Azizbek Toʻrgʻunboyevlar mualliflik qildi.
Shu tariqa guruhda 7 ochko jamgʻargan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning finaliga yoʻllanma oldi. Endi jamoa musobaqa chempionligi uchun Eron terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari oʻrtasidagi final oʻyini 8-sentyabr kuni “Olimpiya” stadionida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring