Oʻzbekiston milliy terma jamoasi AQSHga qarshi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazadi
Bugun tunda futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi AQSHga qarshi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazadi.
Oʻzbekiston va AQSH milliy terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv Qoʻshma Shtatlarning Sent-Luis shahridagi “Siti park” stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan 10-sentyabrga oʻtar kechasi soat 02:30 da boshlanadi.
Mazkur bahsda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi, deya xabar berdi OʻFA matbuot xizmati.
Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston va AQSH milliy terma jamoalari shu paytga qadar bir marta bir-biriga qarshi oʻynamagan, bu ilk toʻqnashuv boʻladi.
AQSH terma jamoasi ayni paytda jahon reytingida 11, Oʻzbekiston esa 74-oʻrinni egallab turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring