“Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi tajribasini oʻrganmoqchimiz” — Ilxam Saputra

11:05 22 Oktyabr 2021 Siyosat
190 0

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayevning Indoneziya Umumiy saylov komissiyasi raisi Ilxam Saputra bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, saylov jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida jamoatchilikka oʻz vaqtida maʼlumot berib borish uchun MSK Matbuot markazi va uning hududiy boʻlinmalari faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda jami 1600 nafardan ortiq mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiyadan oʻtdi.

«Tan olishimiz kerakki, biz Oʻzbekistonning saylov tizimini oʻrganishdan juda mamnunmiz. Chunki bu Indoneziyaning saylov tizimida dolzarb boʻlgan muammolarni oʻrganishga, muqobil yechimlarni topishga yordam beradi. Masalan, Indoneziya orollardan iborat boʻlib, 34 provensiya va 514 tumani bor. Shubhasiz, har 5 yilda bunday joylashuv bilan Prezident saylovini tashkil etish logistik muammolarni keltirib chiqaradi va biz bu borada Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasining tajribasini oʻrganmoqchimiz», — dedi Indoneziya Umumiy saylov komissiyasi raisi Ilxam Saputra.

Tadbirda xalqaro ekspert saylovga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan ishlarga ijobiy baho berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?