Oʻzbekiston Liberiya va Togo bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi

17:53 27 Sentyabr 2024 Siyosat
410 0

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Oʻzbekiston Afrika qitʼasidagi yana ikki davlat — Liberiya va Togo bilan diplomatik aloqalarni oʻrnatdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov oʻz Telegram kanalida maʼlum qildi.

Bildirilishicha, Saidov bugun, 27-sentyabr kuni Liberiya Tashqi ishlar vaziri Sara Beysolov Nyanti bilan birgalikda qoʻshma kommyunike imzolagan.

“Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari kelgusidagi hamkorlikning dastlabki kun tartibini muvofiqlashtirish va ishlab chiqishga kelishib oldik”, deb yozdi vazir.

Shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Togo Respublikasidan kelgan hamkasbi Rober Dyusse bilan ham davlatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma kommyunike imzolaganini maʼlum qilgan.

“Shubhasiz, Afrika qitʼasi davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish uchun katta imkoniyatlarimiz mavjud”, deydi Saidov.

Bu orqali Togo va Liberiya mos ravishda, Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan 154- va 155-davlat boʻldi.

Avvalroq Burundi Oʻzbekiston bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 152-, Botsvana esa 153-davlat davlat boʻlgani haqida xabar berilgan edi.

Aytish joiz, ayni kunlarda Nyu-York shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kabo-Verde va Seyshel orollari TIV rahbarlari bilan ham diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma kommyunikeni imzolagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?