O‘zbekiston korxonasi Ummon va BAAga go‘sht mahsulotlari eksport qiladi

Mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan Muratt qo‘shma korxonasi kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirib, ularni Ummon va BAA davlatlariga eksport qilmoqchi.
Xususan, ishlab chiqarish hajmlari kuniga ikki tonnadan to‘rt tonnagacha oshiriladi. Buning uchun BAAdan 1,7 million dollarlik moliyaviy resurslar jalb qilindi. BAA tomonidan birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha taklif ushbu davlat mutaxassislari tomonidan O‘zbekistonda tayyorlanayotgan shu kabi mahsulotlar tekshirib chiqilgandan so‘ng bildirildi. Mehmonlarga uning sifati va narxi, Xitoy importi bilan solishtirilganda, to‘liq manzur bo‘lgan. O‘z navbatida, BAA va Ummon iste’molchilari o‘z mentalitetlariga yaqin mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni ijobiy qabul qilishini bildirishgan.
Lekin yangi sex uchun qurilish uchastkasini olish uzoq vaqt muammo bo‘lib kelayotgan edi. Binobarin, Toshkent shahar hokim vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘tgan hafta tadbirkorlar va investorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida Uchtepa tumanidan yer uchastkasini nol qiymatda ajratib berish bo‘yicha masalani qisqa vaqt ichida ko‘rib berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring