Oʻzbekiston xalq artisti Sanʼat Devonov haqida film ishlanmoqda

10:55 17 Fevral 2020 Madaniyat
1447 0

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”da Oʻzbekiston xalq artisti Sanʼat Devonov haqida “Sanʼatdagi sanʼat” nomli hujjatli film ishlanmoqda. Bu haqda “Oʻzbekkino” xabar berdi.

Filmda Sanʼat Devonov shaxsi, uning hayot va ijod yoʻli aks ettiriladi. Taniqli sanʼatkor shaxsiga “U sanʼat bilan bir hodisa boʻlib ketgan, yaʼni sanʼatdagi Sanʼat. Goʻyo sanʼat desa Sanʼat akani, Sanʼat akani desa bevosita sanʼatning oʻzini tushungandek”, deb taʼrif beriladi filmda.

Ayni vaqtda ijodiy guruh – rejissyor Murodjon Odilov, operator Anvarxon Qosimov, kartina direktori Oybek Sodiqov, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimovlar Xiva shahrida filmni tasvirga olishmoqda.

Sanʼat Devonov kino va teatr olamida birdek salmoqli ijod qilgan. Oʻzbek kinotomoshabini uni milliy kinematografiyaning durdona asarlaridan biri “Maftuningman“ filmi orqali yaxshi taniydi. Uning kinodagi ilk roli “Amirlikning intihosi“ filmidagi Sherali roli edi (1954). Marhum aktyorning filmografiyasida 25ta film bor. “Ulugʻbek yulduzi“, “Olovli yoʻllar“, “Alpomish“ shular jumlasidan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер