Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi kolleksiyasini boyitish burchimiz — Kerim Taxirov
Ozarbayjonning Mirza Fatali Axundov nomidagi Milliy kutubxona direktori Kerim Taxirov Toshkentda oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy — maʼrifiy meros — umumiy kelajak” xalqaro kongressida ishtirok etdi.
Kerim Taxirov kongress doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi kolleksiyasini yanada boyitish umumiy burch ekanini taʼkidladi.

“Hozir bizda butun dunyoga islomning muqaddas va insonparvar din ekanini namoyish etish imkoniyati bor. Uning diqqat markazida hamisha inson hayoti, inson farovonligi, insonning tinch hayoti turgan. Islom sivilizatsiyasi markazi buning navbatdagi tasdigʻidir. Umuman olganda, uni Jahon sivilizatsiyasi markazi deb ham atash mumkin, chunki islom butun dunyoga tarqalgan.
Ayniqsa, bu yerdagi innovatsion kutubxona katta taassurot qoldirdi — unda mintaqa mamlakatlari, Ozarbayjon va boshqa davlatlar nashrlari namoyish etilgan. Bu goʻzal kolleksiyani yanada boyitish bizning burchimiz”, dedi Kerim Taxirov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring