Oʻzbekiston ilm-fani ogʻir judolikka uchradi
Foto: OʻzMU
Bugun, 28-may kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematik analiz kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, matematik olim Azimboy Saʼdullayev 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Azimboy Saʼdullayev 1947-yil 9-yanvar kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida tugʻilgan. U 1969-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. 1972-yilda fan nomzodi, 1982-yilda fan doktori ilmiy darajasini olgan. Saʼdullayev 1989-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, 1995-yilda esa haqiqiy aʼzosi etib saylangan.
Marhum tomonidan yaratilgan ilmiy maktab, yetishtirilgan shogirdlar va olib borilgan fundamental tadqiqotlar nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda ham eʼtirof etilgan. Olimning “Koʻp kompleksli oʻzgaruvchili funksiyalar nazariyasi” va “Kompleks potensiallar nazariyasi” sohasidagi ilmiy ishlari dunyo matematiklarining hurmatini qozongan.
“Azimboy Saʼdullayevning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari, yaqinlari, shogirdlari va butun ilmiy jamoatchilikka chuqur hamdardligimizni bildiramiz”, deb yozadi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati va jamoasi.
Maʼlumot uchun, janoza bugun, 28-may kuni peshin namozidan soʻng Zangiota ziyoratgohida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring