Oʻzbekiston hududiga pnevmatik toʻpponcha olib kirmoqchi boʻlgan xorijlik tushuntirishlar bilan qutildi
Oʻzbekiston hududiga pnevmatik toʻpponcha olib kirmoqchi boʻlgan xorijlik fuqaro “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” toʻxtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, 21-avgust kuni soat 21:05 larda “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Sankt-Peterburg-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli boʻlgan 1 dona qora rangli yoʻl sumkasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan.
Natijada yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz boʻlgan 1 dona pnevmatik qurol va 1 dona pnevmatik quroldan otish uchun moʻljallangan 290 dona shariklar (zoldor) borligi aniqlandi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2022-yil 31-maydagi OʻRQ-772-son Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan qurol va uning oʻq-dorilari bilan muomalada boʻlish qoidalarining buzilishi uchun alohida maʼmuriy javobgarlik choralari belgilangan.
Shu tariqa, chet el fuqarosiga kalta stvolli pnevmatik qurolning realizatsiyasi taqiqlanganligi, boshqa turdagi pnevmatik qurol esa, faqat ichki ishlar organlarining ruxsatnomalari asosida sotib olinishi nazarda tutilganligi yuzasidan rahbariy tushuntirishlar berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring