O‘zbekiston hududidagi Orlat topilmalariga bag‘ishlangan monografiya chop etildi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti San’at tarixi bo‘lim boshlig‘i, san’atshunoslik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Jangar Ilyosovning “So‘g‘diyonadagi ko‘chmanchilar. Orlat topilmalarining tarixiy va madaniy konteksti” (Kochevniki v Sogdiane. Istoriko-kulturniy kontekst orlatskix naxodok) nomli monografiyasi “Yevrosiyo” nashriyoti tomonidan chop etildi.
Monografiya I-II asrlarga oid Orlat kamar plastinkalari to‘plamining tarixiy va madaniy talqiniga bag‘ishlangan. Mazkur topilma 1981-yilda Samarqand viloyatida — qadimiy So‘g‘diyona hududida topilgan. Topilma suyak o‘ymakorligi tasvirlarining nodir detallari hamda badiiy ifodaliligi tufayli e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Orlat plastinkalari nashr etilgandan so‘ng, Markaziy Osiyo arxeologiyasi va san’ati mutaxassislari o‘rtasida Yevroosiyoning ilk ko‘chmanchilari haqida qiziqish yanada ortdi.
Muallif mazkur monografiyada topilmalar qayerda va kim tomonidan, nima maqsadda yaratilgani, ularning etnik kelib chiqishi haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring