Oʻzbekiston hududida ketma-ket ikkinchi kun zilzila qayd etildi

09:25 11 Iyun 2024 Jamiyat
197 0

Bugun, 11-iyun kuni Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekistonda ham sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yer silkinishi bugun, 11-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:13 da Tojikistonda sodir boʻlgan.

Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 68,15 gradus sharqiy uzunlik. Uning magnitudasi 4,3 ga teng. Yer silkinishi 25 km chuqurlikda yuzaga kelgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 400 km janubiy-gʻarbda joylashgan.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Shoʻrchi tumanida 2-3 ball, 33 km.

Uzun tumanida 2 ball, 45 km.

Qumqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 52 km.

Oltinsoy tumanida 2 ball, 59 km.

Jarqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 67 km.

Denov tumanida 2 ball, 69 km.

Bandixon tumanida 2 ball, 71 km

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?