Oʻzbekiston havo yoʻllariga oltinchi Boeing 787 avialayneri olib kelindi (foto)

11:50 05 May 2021 Iqtisodiyot
1516 0

Bugun, 2021-yil 5-may kuni Toshkent xalqaro aeroportiga gumanitar yuk bilan uzoq kutilgan oltinchi “orzu qanotlari” — Boeing 787 kelib qoʻndi deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airways”.

Qayd qilinishicha, Boeing 787 dagi biznes-toifa qismi toʻliq yotish oʻrindigʻi bilan taʼminlangan, ekonom toifada esa oʻrindiqlar orasidagi masofa kengaytirilgan.

“Oltinchi Boeing 787 Oʻzbekistonga SARS COVID-2 tarqalishiga qarshi kurashish doirasida uchinchi partiya gumanitar yordami bilan keldi, keyinchalik gumanitar yuk Orol dengizi hududiga joʻnatiladi”, deyiladi xabarda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер