Demirsad olmasining xaridorgirligi siri nimada?
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Soʻx tumanining mashhur Chashma bulogʻi bir necha qishloqlarga obihayot baxsh etib, meva va sabzavotlarga oʻzgacha taʼm beradi. Shu bois Soʻxda yetishtiriladigan olma, nok, oʻrik, shaftoli kabi mevalar, kartoshka singari sabzavot mahsulotlari juda xaridorgir.


Shu bois ichki bozor ehtiyojidan ortgan meva-sabzavotlar qoʻshni davlatlarga ham eksport qilinadi. Ayni paytda tumanda yurtimiz bozorlariga yiliga 15 ming tonnadan ziyod olma yetkazib beriladi. Shu kunlarda Soʻxda olma hosilini yigʻib olish mavsumi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
— Qishlogʻimiz Chashma bulogʻi suvidan ichadi, — deydi Demirsad qishlogʻida istiqomat qiluvchi Gʻayratjon Doʻstmatov. — Demirsad olmasini bir tishlasangiz, yuzingizga suvi sachraydi, mazasiga gap yoʻq. Bu olmani tabiiy usulda qish-bahor mavsumiga ham sifatli saqlash mumkin.


Bu oila aʼzolari xonadondagi 8 sotix tomorqadan joriy yilda 2 tonna olma hosili olishni maqsad qilgan. Chorvachilik, kartoshka yetishtirish oilaning yana bir daromad manbai hisoblanadi.
Aytish joiz, Demirsad qishlogʻi bogʻbonlari Soʻxda olma yetishtirish borasida eng tajribali mirishkorlar sifatida tanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring