Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari Rossiyaga yordam berish uchun shayligi haqidagi xabarlar inkor etildi

18:56 26 Iyun 2023 Jamiyat
3801 0

Arxiv foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federatsiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay boʻlib turgani, ammo vaziyat oʻzgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining ma'lum qilishicha, mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan.

"Respublikamizdagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan maʼlumotlarni notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻraymiz. Eslatib oʻtamiz, asoslanmagan yolgʻon xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер