Oʻzbekiston global ochlik indeksi boʻyicha eng yaxshi mamlakatlar qatoridan joy oldi

10:23 19 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
2133 0

2020-yil uchun xalqaro miqyosda eʼlon qilingan Global ochlik indeksida 107 ta mamlakat ishtirok etdi. Oʻzbekiston mazkur reytingda eng yaxshi deb topilgan 47 ta mamlakatlar qatorida 6,7 ball bilan 30 oʻrinda qayd etildi. 2019-yilda ushbu reytingda Oʻzbekiston 10,7 ball bilan 48 oʻrinda koʻrsatib oʻtilgan edi.

Maʼlumot uchun: 2020-yilda MDH davlatlaridan Qozogʻiston 5,4 ball bilan 21-oʻrinda (2019-yil 5,5 ball 20-oʻrinda), Armaniston 6,9 ball bilan 31-oʻrinda (2019-yil 7,8 ball 30-oʻrinda), Qirgʻiziston 8,4 ball bilan 42-oʻrinda (2019-yil 8,8 ball 35-oʻrinda), Turkmaniston 11,1 ball bilan
52-oʻrinda (2019-yil 11,8 ball 54-oʻrinda) qayd etilgan.

Bu indeks har bir mamlakat uchun toʻrtta koʻrsatkichni jamlash orqali aniqlanadi:

- toʻyib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;
- besh yoshgacha boʻlgan vazni meʼyordan past bolalar ulushi;
- besh yoshgacha boʻlgan boʻyi meʼyordan past bolalar ulushi;
- besh yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻlim darajasi.

Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, bir yil ichida bunday yuqori koʻrsatkichning qayd etilishi, yaʼni 48 oʻrindan 30 oʻringa koʻtarilishning asosiy sababi, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Davlat statistika qoʻmitasining saʼy harakatlari bilan FAO tashkiloti tomonidan Global ochlik indeksining asosiy omilidan biri boʻlgan “toʻyib ovqatlanmaydigan aholi ulushi” koʻrsatkichining 2017-yildan boshlab qayta hisoblash amalga oshirilganligidir. 

Eslatib oʻtamiz, qayta hisoblash natijasida “toʻyib ovqatlanmaydigan aholi ulushi” koʻrsatkichi deyarli 2,5 barobarga qisqartirilgan va 2016-2018-yillar uchun 6,3 foizdan 2,8 foizga oʻzgartirilgan va 2017-2019-yillar uchun 2,6 foiz deb tan olingan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?