Oʻzbekiston — Germaniya: teng manfaatli hamkorlik yuqori pogʻonaga koʻtarilmoqda
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xorijiy va qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, doʻstona munosabatlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan keng koʻlamli va izchil islohotlar natijasida nafaqat Markaziy Osiyo, balki iqtisodiy jihatdan yetakchi davlatlar bilan ham teng manfaatli hamkorlik yuqori pogʻonaga koʻtarilmoqda.
Yangi Oʻzbekistonning Yevropa davlatlariga yangi eshiklari ochildi. Mazkur mintaqa bilan butunlay oʻzgacha, konstruktiv munosabatlar boshlandi. Parlamentlararo aloqalar ham mustahkamlanib bormoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi
Muloqot avvalida A. Saidov T.Klinnerni mamlakatimizga elchi etib tayinlangani bilan qutlab, masʼuliyatli va sharafli diplomatik missiyani amalga oshirishida muvaffaqiyat tiladi.
Mehmonga yurtimizda keyingi yillarda barcha sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar xususida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, Oliy Majlisning qonunchilik faoliyati, norma ijodkorligi, fraksiyalar, qoʻmitalar va komissiyalar ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida axborotlar taqdim etildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, parlamentlar qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasida aloqalar oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.
Oʻz navbatida,
Muloqot yakunida Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, parlamentlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha aniq takliflar bildirildi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring