Oʻzbekiston gender tengligi indeksida eng ilgʻor oʻzgarishlarni amalga oshirgan davlatlar qatoriga kirdi

11:12 05 Mart 2024 Jamiyat
189 0

Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” yillik hisoboti eʼlon qilindi. Unda huquqiy sohada gender tenglikka erishish yoʻlidagi jahon taraqqiyoti baholanadi. Hujjat 190 ta davlatda ayollarning ahvolini 10 ta koʻrsatkich (“xavfsizlik”, “bandlik”, “mehnatga haq toʻlash”, “nikoh” va b.) boʻyicha baholovchi indeksni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston eng katta muvaffaqiyatga erishgan beshta davlat qatoridan joy oldi. 2022-yil oktyabr oyidan buyon mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar, xususan ikkita asosiy koʻrsatkich – “mehnatga haq toʻlash” va “nikoh” doirasida mamlakatning reytingdagi oʻrnini yaxshilashga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Bu Oʻzbekiston reytingining 11,9 punktga koʻtarilishiga olib keldi va mamlakat 100 balldan 82,5 ball toʻpladi. Oʻzbekiston Singapur, Turkiya va BAA bilan bir xil ball toʻpladi, shuningdek Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijalarni koʻrsatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?