Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish uchun 2025-yilda 15 mlrd soʻm ajratiladi

11:22 26 Avgust 2025 Jamiyat
169 0

Illyustrativ foto

Prezidentning Oʻzbekiston futbolini ommalashtirishga qaratilgan qaroriga asosan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida “Legionerlar klubi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Qarorga bilan Milliy futbol markazida iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash boʻyicha Raqamli futbol situatsion markazi, futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda video yordamchi hakam (VAR) tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun “VAR” va axborot tizimidagi maʼlumotlarni saqlash uchun “DATA futbol” markazlari tashkil etiladi.

Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida “Legionerlar klubi” faoliyati yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

Klubga xorijda faoliyat yuritgan yoki yuritayotgan oʻzbekistonlik yuqori mahoratli professional futbolchilar va boshqa futbol mutaxassislari jalb qilinadi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab mahallalarda futbol maydonlarini barpo etish boʻyicha “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi joriy etiladi.

Dastur doirasida mahallalardagi boʻsh turgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) ularning bir qismida futbol maydoni barpo etish va kamida 10-yil mobaynida uning foydalanish maqsadini oʻzgartirmaslik sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi va elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga xarid qilingan boʻsh turgan davlat mulki obyekti (yer uchastkasi)ning qolgan qismidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish va tasarruf etish huquqi beriladi.

Elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) uch oy davomida sotilmagan taqdirda, ularning boshlangʻich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizdan, lekin koʻpi bilan 50 foizgacha pasaytirilgan holda va sotib olish toʻlovlarini uch yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan savdolarga chiqariladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qaror ijrosini toʻlaqonli va samarali amalga oshirish uchun 2025-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga Davlat byudjetidan qoʻshimcha 15 milliard soʻm mablagʻ ajratadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер