Oʻzbekiston fuqarosi Toshkent shahridan uy sotib olmoqchi boʻlsa
Kecha Xalqaro press-klubning fuqarolar va tadbirkorlarning turar joy hamda boshqa koʻchmas mulkiga boʻlgan huquqlarini taʼminlash borasidagi mavjud muammolar va ularni hal qilish yoʻllariga bagʻishlangan sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, “Yergeodezkadastr“ davlat qoʻmitasi, Oliy sud vakillari hamda biznes-ombudsman ishtirok etishdi. U “Oʻzbekistonda yerdan foydalanish va koʻchmas mulk huquqlari: qonunchilikdagi oʻzgarishlar, yangi yondashuvlar va muammolar tahlili“ mavzusiga bagʻishlandi.
Unda spikerlar tomonidan bildirilgan eng dolzarb fikrlarni eʼtiboringizga havola etamiz.
Rustam Fayziyev, Davlat kadastrlari geodeziya va kartografiya milliy markazi direktorining birinchi oʻrinbosari:
— Ayni vaqtda respublikamiz boʻylab 7 million 300 mingga yaqin koʻchmas mulk obyekti bor.
... Agar qaysidir sohaga ishimiz tushsa, oʻsha yerda ishlaydigan tanishimizga qoʻngʻiroq qilib ishimizni bitirishga harakat qilamiz. Bu korrupsiyaning boshlanishi.
... Yer va kadastr sohasidagi eng katta muammolar: korrupsiya holatlari, tizimning avtomatlashmaganligi, yaʼni inson omili bor ekanligi va vatandoshlarimizning bu borada huquqiy bilimlari kam ekanligidir.
Behzod Ismoilov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari:
— Oʻtgan yil avgust oyiga qadar toʻplanib qolgan turarjoy va yer bilan bogʻliq 15 000 ta muammoli holat qayd etilgan. Ularning 90% joyida mahalliy hokimlik ishtirokida hal qilingan.
Xolmoʻmin Yodgorov, Oliy sud raisi oʻrinbosari:
— Kelgusida butun Oʻzbekiston fuqarolarining Respublika boʻylab xohlagan joyidan uy-joy olish huquqi taʼminlanadi.
... Hozirda birorta ham uy-joyni olib qoʻyilib, uysiz qolayotgan holatlar boʻlmayapti.
... Oʻtgan yil davomida Oliy sudga Kadastrning mamuriy qarorlaridan norozilik holatlari yuzasidan 104 ta murojaat boʻlgan boʻlsa, ularning 75 ta haqiqiy deb topilgan.
29 ta murojaatda kadastr xulosalari noloyiq deb qayd etilgan.
Nodir Tillyayev, Adliya vazirining boshqarma boshligʻi:
— Uy-joy kadastr hujjati Davlat xizmatlari agentligidan kamida 7 kun yoki mulkning hajmiga qarab 14 kunga qadar olinadi.
Xalqaro press-klub sessiyasidan iqtibos:
— Oʻzbekiston fuqarosi Toshkent shahridan uy sotib olmoqchi boʻlsa, hozirda xam birlamchi bozordan oʻz nomiga uy sotib olishi mumkin. Birlamchi bozor deganda Toshkent shahrida yangi qurilayotgan uy-joylar bozori nazarda tutiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring