Oʻzbekiston fuqarolari uchun AQSHga borishda muhim talablar maʼlum qilindi
AQSHning Toshkentdagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, 8-noyabrdan boshlab AQSHga kiruvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari AQSHga joʻnab ketayotgan samolyotga chiqishlaridan oldin COVID-19 ga qarshi toʻliq emlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari shart.
Kasallikni nazorat qilish va oldini olish markaziga (CDC) koʻra, Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) tomonidan tasdiqlangan yoki ruxsat etilgan, shuningdek, JSST tomonidan favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun roʻyxatga olingan vaksinalar Qoʻshma Shtatlarga kirish uchun maqbul deb hisoblanadi.
Bu cheklovlar immigratsiya vizasi mavjud shaxslarga; diplomatik va rasmiy kanallar orqali AQSHga tashrif buyuradiganlar; 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga taalluqli emas (qoʻshimcha maʼlumotlar Elchixonaning saytida mavjud).
Shu munosabat bilan Vazirlik AQSHga borishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yuqoridagi talablarni inobatga olishni tavsiya qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring