O‘zbekiston – Fransiya: Paralimpiya sohasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida Fransiya elchixonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda elchixonaning hamkorlik va madaniyat bo‘limi boshlig‘i janob Loran Oriol hamda texnik hamkorlik bo‘yicha mutaxassisi janob Sipriyen Lerua tashrif buyurdi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda tomonlar yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari oldidan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zbekistonlik para atletlarning Fransiyada bo‘ladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga ko‘maklashish masalalarini muhokama qildilar.
O‘z navbatida janob Loran Oriol ikki mamlakat Milliy paralimpiya qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yishga yaqindan ko‘maklashishini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring