Oʻzbekiston eng koʻp qaysi davlatlardan mahsulot sotib olmoqda?
2025-yil yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonning importi hajmi 37,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, mazkur davrda Oʻzbekiston 177 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.
2025-yilning 10 oyida Oʻzbekiston importidagi TOP-10 davlatlar quyidagicha koʻrinish olgan (AQSH dollarida):
- Xitoy – 11,5 mlrd;
- Rossiya – 7 mlrd;
- Qozogʻiston – 2,7 mlrd;
- Turkiya – 1,5 mlrd;
- Koreya Respublikasi – 1,4 mlrd;
- Germaniya – 953,9 mln;
- Hindiston – 941,7 mln;
- Turkmaniston – 753,2 mln;
- Belarus – 632,5 mln;
- AQSH – 614,4 mln;
- Boshqa davlatlar – 9,6 mlrd.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring