Oʻzbekiston elchisi BMTning Butunjahon turizm tashkiloti huzurida akkreditatsiyadan oʻtdi
Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashviliga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Butunjahon turizm tashkilotining Madriddagi shtab-kvartirasida boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston bilan mazkur tashkilot oʻrtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari xususida fikr almashildi.
UNWTO Bosh kotibi 2023-yil oktyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Tashkilot Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini yuqori saviyada oʻtkazgani uchun Oʻzbekiston rahbariyatiga yana bir bor minnatdorlik bildirdi. Mazkur sessiyada Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratildi.
Zurab Pololikashvili, shuningdek, Oʻzbekiston UNWTOning eng faol aʼzosi ekanligini, mazkur tuzilma respublika bilan hamkorlikda eng koʻp loyihalarni amalga oshirayotganini taʼkidladi.
Tashkilot rahbarining aytishicha, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Oʻzbekiston tashabbusi bilan “2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili” rezolyutsiyasi qabul qilingani yuksak eʼtirofga sazovor.
Uchrashuv yakunda UNWTO Bosh kotibi ushbu rezolyutsiya muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga hamda barqaror va yashovchan turizmni rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda barcha davlatlarning faol ishtirokiga umid bildirdi.
Maʼlumot uchun: 2024-yil 24-yanvarda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) rebrending oʻtkazib, oʻz nomini rasman BMT Turizmga (UN Tourism) oʻzgartirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring