Oʻzbekiston elchisi Belgiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi

18:15 08 Fevral 2024 Siyosat
438 0

Joriy yilning 7-fevral kuni Oʻzbekiston elchisi Gʻayrat Fozilovning Belgiyaliklar qiroli Filippga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Qirol Filipp Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur hurmat va iliq tilaklarni izhor qildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Belgiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning bugungi dinamikasi yuqori baholandi. Keng yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning yangi elchisi Gʻayrat Fazilov 2023-yilning 5-dekabr kuni Bryusselga tashrif buyurgan edi. Belgiyaga tayinlanishidan oldin u tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер