Oʻzbekiston dunyodagi eng xavfsiz 25-davlat boʻldi

Foto: Davron Ernazarov
2025-yilning birinchi yarmi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston dunyo miqyosida eng xavfsiz mamlakatlar qatoridan munosib oʻrin oldi. “Numbeo” portali tomonidan eʼlon qilingan joriy yilgi xalqaro jinoiy holat indeksida yurtimiz 73,4 ballik xavfsizlik indeksi bilan 25-oʻringa joylashdi. Ushbu koʻrsatkich Oʻzbekistonni nafaqat global maydonda, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ham yetakchi xavfsiz davlat sifatida koʻrsatmoqda.
Taʼkidlash joizki, ushbu reyting “Crime Index ” — jinoiylik darajasi va “Cafety Index” — xavfsizlik darajasi mezonlariga asoslanib tuziladi. Bu indeksda pastroq jinoiylik baliga ega davlatlar nisbatan xavfsiz deb baholanadi. Xususan, 2025-yil yanvar–iyun oylarida Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlar orasida Qozogʻiston 73-oʻrinda (54,4 ball), Qirgʻiziston esa 101-oʻrinda (48 ball) qayd etilgan. Turkmaniston va Tojikiston reytingda ishtirok etmagan.
“Numbeo”ning maʼlumotlariga qaraganda, Oʻzbekiston hozirda xavfsizlik darajasi boʻyicha Chexiya va Shveysariyadan oldinda joylashgan. Bu esa mamlakatning xavfsizlik borasida doimiy ijobiy tendensiyasini koʻrsatmoqda. Solishtirish uchun, 2024-yilning shu davrida Oʻzbekiston 71 ballik indeks bilan 27-oʻrinda boʻlgan edi.
Mazkur reytingda eng xavfli davlat sifatida Gaiti ilk oʻrinni egallagan. Shuningdek, jinoyatchilik darajasi yuqori boʻlgan boshqa davlatlar qatoriga Papua-Yangi Gvineya (80,7), Venesuela (80,5), Afgʻoniston (75,2) va Janubiy Afrika (74,6) kirgan. Aksincha, eng xavfsiz mamlakatlar sifatida Birlashgan Arab Amirliklari, Andorra va Qatar koʻrsatilgan.
Maʼlumot uchun, “Numbeo” reytingi rasmiy davlat statistikasiga emas, balki bevosita foydalanuvchilar tomonidan toʻldirilgan soʻrovnomalarga asoslanadi. Bu soʻrovnomalar ilmiy va hukumat organlari tadqiqotlari bilan uygʻunlashtirilgan boʻlib, jinoiylik va xavfsizlikka oid umumiy kayfiyat, kunduzgi va tungi xavfsizlik, mulkka tahdid, zoʻravonlik, bezorilik va diskriminatsiya holatlariga doir fikr-mulohazalarni qamrab oladi. Indeks muntazam yangilanib boriladi va oxirgi besh yillik maʼlumotlar asosida hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring