Oʻzbekiston delegatsiyasi “Markaziy Osiyo – Xitoy” shaklidagi tashqi ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etadi
Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”
2022-yil 8-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo – Xitoy” shaklidagi uchinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.
Tadbir davomida tomonlar diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan 2022-yil 25-yanvarda boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” onlayn sammitida davlatlar rahbarlari tomonidan eʼlon qilingan tashabbuslarni amalga oshirish yoʻllarini, shuningdek siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.
Tashrif doirasida ushbu turli davlatlar delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring