Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi
“Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Oliy sport mahorati instituti negizida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.
Quyidagilar 2025/2026 oʻquv yilidan Akademiya huzuriga oʻtkaziladi:
— Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;
— Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.
Sport sohasida natijalari yuqori boʻlgan davlatlarning yetakchi oliy sport-taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.
Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
Sportchilarga xorijiy tillar va Oʻzbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda oʻrgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini oʻz ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillarni oʻqitish markazi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring