Oʻzbekiston byudjetni qoʻllab-quvvatlash loyihasi uchun 600 mln dollar qarz oldi

18:25 03 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
876 0

Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan II Oʻzbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida:

Oʻzbekiston Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida byudjetni qoʻllab-quvvatlash loyihasi doirasida 500 mln dollar miqdorida qarz bitimi imzolandi.

Shuningdek, Moliya vazirligi va OTB Orol dengizi havzasi sektorida iqlimga moslashgan suv resurslarini boshqarish loyihasi yuzasidan 3,3 mln dollar (grant) miqdorida qarz kelishuviga erishdi.

OTB hamda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi OTB maslahat koʻmagida Buxoro issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida dastlabki qiymati 100 mln dollar miqdoridagi hamkorlik bitimini ham imzoladi.

Bundan tashqari, Moliya vazirligi va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) byudjetni qoʻllab-quvvatlash loyihasi doirasida 100 mln dollar miqdoridagi qarz kelishuviga erishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер