Oʻzbekiston bozorlarida xavfli isitish radiatorlari sotilayotgani aniqlandi

15:35 05 Noyabr 2025 Jamiyat
264 0

Foto: Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi

Oʻzbekiston bozorlarida xavfli isitish radiatorlari sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan maʼlum qilindi.

Inspeksiyaning Surxondaryo va Samarqand viloyatlari boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat xaridlarida Xitoyda ishlab chiqarilgan “TDS” va “VALENCIA” brendi ostidagi isitish radiatorlari amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Ularda suv bosimiga bardosh bera olmaslik, xonani yetarlicha isitmaslik, suv bosimi oshganda suv toshishi xavfi kabi kamchiliklar aniqlangan.

“Bu kabi nuqsonlar oʻrnatilgan radiatorlardan foydalanish vaqtida xavfsizlikni jiddiy xavf ostiga qoʻyadi, jumladan — uy va mol-mulkka zarar yetkazishi, elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvga olib kelishi, hatto yongʻin xavfini keltirib chiqarishi mumkin”, deyiladi Inspeksiya xabarida.

Shuningdek, isteʼmolchilar agar savdo tarmoqlarida sifatsiz yoki soxta mahsulotga duch kelishsa 1880 qisqa raqami orqali Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkinligi eslatib oʻtilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер