Oʻzbekiston bolalar toʻyib ovqatlanmaydigan davlatlar roʻyxatiga kiritildi
Oʻzbekiston yana bir xalqaro roʻyxatdan oʻrin oldi. Biroq bu quvonchli xabar emas. Gap shundaki, YUNISEF va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan bolalar toʻyib ovqatlanmaydigan davlatlar reytingida Oʻzbekiston 11-oʻrinni band qilib turibdi.
Mazkur roʻyxatda dunyoning 63 ta davlati nomi keltirilib, ular 3 guruhga boʻlingan. Xususan:
1. Yuqori darajada;
2. oʻrta darajada;
3. Past darajadagi oziq-ovqat qashshoqligi qayd etilgan.
Uchinchi guruhga Belarus, Turkmaniston hamda turizm salohiyati bilan ajralib turuvchi Gruziya va Vyetnam kabi davlatlar kiritilgan.
Oʻzbekistonda esa toʻyib ovqatlanmaslik darajasi ikkinchi guruhda qayd etilgan. Shuningdek mazkur guruhdan Iroq, Iordaniya kabi davlatlar ham oʻrin olgan.
Bolalari toʻyib ovqatlanmaydigan asosiy davlatlar sifatida esa Afgʻoniston, Hindiston va Pokiston kabi davlatlar koʻrsatilgan.
Qayd etilishicha, bolalarning sogʻlom oʻsishi va rivojlanish uchun bolalar 8 ta turdagi mahsulotlar isteʼmol qilinishi lozim. Bular:
1. Koʻkrak suti;
2. Don mahsulotlari, rezavorlar, tropik mevalar;
3. Dukkaklilar, yongʻoq va urugʻlar;
4. Sut mahsulotlari;
5. Goʻsht mahsulotlari;
6. Tuxum;
7. A vitaminiga boy meva va sabzavotlar;
8. Sabzavotlar va boshqalar.
Ushbu roʻyxatga kirmagan davlatlar bolalari esa bularning kamida 5 tasini isteʼmol qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring