Oʻzbekiston BMTning keng polosali mobil internet xizmatlari narxi boʻyicha ikki foizlik foydalanish koʻrsatkichlarini bajargan davlatlar qatoriga kirdi
BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining 2021-yilgi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston keng polosali mobil internet narxlari boʻyicha BMTning 2 foizlik koʻrsatkichini bajargan 4 davlat qatoridan joy oldi.
Bu haqda Jahon bankining Oʻzbekiston boʻyicha davlat menejeri Marko Mantovanelli «Oʻzbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarini autsorsing qilish (BPO)” mavzusida tashkil etilgan xalqaro davra suhbatida soʻzlagan nutqida aytdi.
“2021-yilda butun dunyo boʻylab keng polosali internet isteʼmolchilar uchun qimmatlashganiga qaramay, Oʻzbekiston oʻtgan yilda keng polosali internet narxlari boʻyicha BMTning 2 foizlik foydalanish koʻrsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olganini mamnuniyat bilan qayd etaman. Oʻzbekistonda soʻnggi besh yil davomida amalga oshirilgan islohotlar eʼtiborga molikdir”, — dedi Marko Mantovanelli.
Uning qayd etishicha, Oʻzbekiston hukumati raqamli transformatsiyani oʻzining strategik kun tartibiga qoʻyib kelmoqda.
“Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishi va yangi ish oʻrinlarini yaratishda raqamli rivojlanishning muhim ahamiyatini tan olgan holda, Hukumat raqamli transformatsiyani oʻzining strategik kun tartibiga yuqori darajaga qoʻydi. Koʻplab dasturlar, jumladan, «Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va kelgusi besh yilga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida raqamlashtirishga katta eʼtibor qaratdi», — deya qoʻshimcha qildi Jahon banki vakili.
Marko Mantovanelli, shuningdek, mamlakatda 2017-yilgacha 600 mingga yaqin yangi ish izlovchilar 200 mingdan kam boʻlgan ish oʻrinlari uchun raqobatlashganini, bugunni kunda Hukumat yoshlar uchun munosib ish oʻrinlarini yaratayotgani, raqamli koʻnikmalarni mustahkamlash, IT va biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) xizmatlarini koʻpaytirish, Oʻzbekistonda, ayniqsa, hududlarda yuqori darajadagi masofaviy ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha yangi ustuvorliklarga erishayotganini olqishladi.
U 2022-yilda Oʻzbekiston va Jahon banki oʻrtasidagi hamkorlikning 30 yilligi nishonlash, Jahon banki Oʻzbekiston bilan keng hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring