Oʻzbekiston birinchi marta YUNESKOning madaniy meros sohasidagi nufuzli boshqaruv organiga saylandi

13:51 07 Iyul 2022 Jamiyat
667 0

Foto: Illustrativ foto

Jahon hamjamiyati Oʻzbekistonning YUNESKOdagi roli ortib borayotganini yana bir bor eʼtirof etdi. Mamlakatimiz ilk bor YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasiga aʼzo boʻldi.

Oʻzbekiston YUNESKOdagi saylovda Yevropaning bir qator davlatlarini ortda qoldirdi.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmita Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyaga aʼzo 24 davlat vakillaridan iborat. Uning aʼzolari 4 yil muddatga saylanadi. Aʼzolarning yarmi har 2 yilda qayta saylanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?