O‘zbekiston aholisi 2021 yilda qanchaga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

11:27 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
3280 0

Keyingi yillarda O‘zbekiston aholisi sezilarli darajada oshib bormoqda. Davlat statistika qo‘mitasi aholi soni bo‘yicha so‘nggi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, 2021-yilning 1-oktabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,1 mln kishini tashkil etmoqda.

Yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish surʼati 1,5 % ga oshgan.

Qayd etilishicha, aholi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 57 811 kishiga ko‘paygan. 2021-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,9 ming kishiga oshgan.

O‘zbekistonda yil boshidan 670,7 ming tug‘ilish qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?