Oʻzbekiston aeroportlarida kuchli tuman tufayli parvozlar kechiktirildi
Oʻzbekiston aeroportlarida kuchli tuman tufayli parvozlar kechiktirildi.
Bugun tunda Urganch va Nukus aeroportlarida yomon ob-havo natijasida koʻrish imkoniyati yomonlashgani munosabati bilan samolyotlar uchish va qoʻnishni amalga oshira olmadilar.
Quyuq tuman tufayli Urganch aeroportida - koʻrish imkoniyati 200 metr, Moskvadan AFL-1976 qatnovini bajarayotgan samolyot soat 03:25da Sheremetevo aeroportidan ucha olmadi.
Huddi shunday holat yana ikkita qatnov: soat 04:35dagi SBI6481 Samara - Urganch qatnovi soat 03:30dagi SVR2473 qatnovi Sankt-Peterburgdan uchib keta olmadilar. Ayni damda samolyotlar ob-havo sharoti yaxshilangunga qadar Urganch uchish aeroportida qolmoqdalar.
Shiningdek, koʻrish masofasi 200 metr boʻlgan quyuq tuman Nukus aeroporti faoliyatini ham chekladi. HY15/16 va HY11/12 qatnovlari Toshkent aeroportida uchishni kutishmoqda. Soat 11:30da Nukus-Aktau yoʻnalishi boʻyicha uchishni amalga oshirishi kerak boʻlgan HY9727/9728 qatnovi parvozining chegaralanishi ham mustasno emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring