Oʻzbekiston 2,6 ming tonna limon eksport qilgan

11:39 19 Avgust 2022 Iqtisodiyot
582 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyul oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,6 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 122 tonnaga kamaygan.

2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 1,7 ming tonna;

Qozogʻiston – 615 tonna;

Qirgʻiz R. – 283 tonna.

Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:

Fargʻona viloyati – 986 tonna;

Xorazm viloyati – 505 tonna;

Toshkent viloyati – 353 tonna;

Namangan viloyati – 221 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер