Oʻzbekiston 200 ming gektar yerni lazerli tekislash uchun 1 mingta texnika xarid qiladi
Arxiv foto
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hozirgacha 200 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingani katta samara bergani, natijada 420 million kubmetr suv iqtisod qilinib, qoʻshimcha 65 ming gektarda meva-sabzavot yetishtirish imkoniyati yaratilgani taʼkidlandi.
Ushbu ishlar uchun oʻtgan yili 2,6 trillion soʻm, joriy yil esa 1,2 trillion soʻm sarflandi. Yil yakunigacha yana 10 ming gektarda tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, 200 ming gektarni lazerli tekislash uchun 1 mingta texnika xarid qilish rejalashtirilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil uchun zarur mablagʻlarning moliyaviy manbasini hal qilish, kelasi yil dasturi uchun 2 trillion soʻm resurs shakllantirish topshirildi.
Prezidentimiz dala chetiga ekin ekish, kooperatsiyalar boʻyicha qonunlar va Suv kodeksining qabul qilingani suv tanqisligi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qilishini taʼkidladi. Endi deputat va senatorlar, mahalliy Kengash vakillari qishloq xoʻjaligida daromadni oshirish, eksportni ragʻbatlantirish, tadbirkorlarni standartlar joriy qilish va sertifikat olishga oʻrgatish boʻyicha faol boʻlib, qonunchilikka oid yangi taklif bersalar, bu ham maqsadga muvofiq boʻlishi taʼkidlandi.
Hukumatga shtab tashkil qilib, eksportchi, issiqxonachi va boshqa meva-sabzavot yetishtiruvchilar bilan doimiy muloqot platformasini ishga tushirish, tadbirkorlarning davlat idoralari bilan bogʻliq barcha muammolarini aniqlab, joyida hal qilib borish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda tadbirkorlarning namunali tajribalari koʻrib chiqildi, mutasaddilarning axboroti tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring