“Oʻzbekiston 1380 km” filmi yil davomida Ozarbayjonning nufuzli OAVda namoyish etiladi
Joriy yilning 30-oktabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida “Oʻzbekiston 1380 km” nomli film premyerasi marosimi boʻlib oʻtkazilgan edi.
Maʼlumot uchun, Turizm qoʻmitasi mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi bilan birgalikda Ozarbayjonda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib etish hamda ushbu davlatdan turistlar oqimini oshirish maqsadida joriy yilning 22-may sanasidan 2-iyungacha boʻlgan muddatlarda Ozarbayjon sayyohlik blogerlari uyushmasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonning yorqin ranglari” loyihasi amalga oshirilgan va uni doirasida 4 nafar blogerlarning mamlakatga tashrifi tashkil etilgan.
Loyiha Oʻzbekistonning turizm salohiyati va jozibadorligi bilan Ozarbayjon fuqarolarini yaqindan tanishtirish va bu orqali mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirish hamda turizm sohasidagi imkoniyatlarni xorijda keng targʻib qilishga qaratilgan. Loyihada videoblogerlar Irada Kadirova, Zaur Mammadov va fotoblogerlar Rustam Nabizade, Elshan Ismailovlar ishtirok etgan.
Ijodiy guruh Toshkent, Qoʻqon, Rishton, Margʻilob, Fargʻona, Urganch, Xiva, Buxoro, Gʻijduvon, Samarqand shaharlariga tashrif buyurib, turizm sohasida soʻngi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar va madaniy meros obyektlari haqida turkum fotojamlamalar, videoroliklar, maqola va reportajlar hamda davomiyligi 130 daqiqagacha boʻlgan filmni tayyorlashdi.
Shuningdek, hujjatli film hamda barcha medeiakontentlar yil davomida Ozarbayjonning nufuzli OAVda (RealTV va AzTV telekanallarida) hamda Baku shahri kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring