Oʻzbekiston 12 ta davlatga paypoq eksport qilgan

09:40 18 Aprel 2023 Iqtisodiyot
598 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan paypoq eksport qilgan.

Paypoq eksporti qiymati oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 mln AQSH dollariga oshgan.

2023-yilning 2 oyida Oʻzbekiston eng koʻp paypoq eksport qilgan davlatlar:

— Rossiya – 6 mln

— Qirgʻiz R. – 3,1 mln

— Qozogʻiston – 320 ming

— Germaniya – 268 ming

— Moldova – 262 ming AQSH dollari

2023-yilning 2 oyida xorijiy davlatlarga eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:

— Toshkent viloyati – 4,8 mln

— Andijon viloyati – 1,9 mln

— Fargʻona viloyati – 1,1 mln

— Xorazm viloyati – 1,1 mln AQSH dollari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер