“O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko`tarildi

10:20 02 Iyul 2025 Jamiyat
33 0

Fitch Ratingsxalqaro reyting agentligiOzbekgidroenergoaksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli xalqaro kredit reytingini BB (barqaror) darajasigacha kotarilganligini qayd etdi.

Jamiyat so‘nggi yillarda moliyaviy barqarorlik, samarali boshqaruv tizimi va strategik yo‘nalishlardagi yuqori natijalari bilan xalqaro reyting agentliklari eʼtiborini tobora qozonmoqda. Bu esa uning xalqaro moliya bozoridagi nufuzi va ishonchli imidjini yana-da mustahkamlamoqda. 

Taʼkidlash joizki, “O‘zbekgidroenergo” AJ ishlab chiqaruvchi korxonalar orasida birinchi bo‘lib “Fitch Ratings” agentligidan “BB-” darajasidagi xalqaro reytingni olgan edi. 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich mustahkamlanib, kompaniya B+ (barqaror) darajasigacha baholangan. 2021-yilda esa muvaffaqiyatli moliyaviy boshqaruv, barqaror o‘sish surʼatlari va ijtimoiy-tashkiliy barqarorlik tufayli jamiyatning reytingi BB- (barqaror) darajasigacha ko‘tarilgan.

 Shu bilan birga, 2025-yil 1-iyul kuni jamiyatning xalqaro kredit reytingi yana bir pog‘ona yuqorilab, BB (barqaror) darajasigacha baholandi. Albatta, bu muvaffaqiyatda hukumatning kompaniyani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil siyosati hal qiluvchi omillardan biri bo‘ldi.

 Mazkur natija, o‘z navbatida, kompaniya boshqaruvining takomillashib borayotgani, moliyaviy resurslardan samarali foydalanilayotgani, investitsiyaviy loyihalarning oqilona tashkil etilayotgani hamda faoliyatda shaffoflik tamoyillariga qatʼiy rioya qilinayotganidan dalolat beradi.

 Bundan tashqari, reyting bahosining yuqorilashi O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingdagi ijobiy o‘zgarishlar bilan ham bog‘liq bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan xalqaro ishonchning mustahkamlanayotganini tasdiqlaydi.

 “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, strategik boshqaruv yondashuvlari va barqaror rivojlanishga qaratilgan rejalar xalqaro moliyaviy institutlar hamda investorlar o‘rtasidagi ishonch muhitini yana-da kuchaytirmoqda.

 Aytish joizki, mamlakatimizdagi ko‘plab banklar va yirik korporatsiyalarning uzoq muddatli emittent kredit reytinglari BB darajasida barqarorligicha qolmoqda. Biroq “O‘zbekgidroenergo” AJ qisqa muddatli va yakka tartibdagi reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori baholanib, “Fitch Ratings” agentligi tomonidan eng yaxshi natija qayd etgan kompaniyalar qatorida “Top 3” ro‘yxatiga kiritildi.

 Bu muvaffaqiyatga kompaniyaning ichki boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, xatarlarni oldindan aniqlash va samarali boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish, shuningdek, energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlari zamin yaratdi.

 Taʼkidlash lozimki, ushbu reyting “O‘zbekgidroenergo” AJning nafaqat mamlakat energetika tizimidagi yetakchi mavqeini yana-da mustahkamlaydi, balki gidroenergetika sohasida xalqaro moliya bozorlaridagi ishonch va nufuzning yuksalayotganini ham yaqqol namoyon etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер