Oʻzbek yozuvchisining kitobi qardosh tilda chop etildi

14:37 26 May 2025 Jamiyat
171 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Respublikalari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalari yanada mustahkamlandi. Buni deyarli barcha sohalarda, jumladan, ijod yoʻnalishida ham koʻrish mumkin. Har ikkala davlat vakillarining ijodiy safarlari, hamkorlikdagi badiiy asarlari shular jumlasidan. Bishkek shahridagi “Uluu toolor” nashriyotida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi Habib Siddiqning “Amriqolik qoʻshnilarim” (“Америкалык коншуларим”) asari chop etilganligi ham ana shu munosabatlar mevasidir.

— Mazkur kitob qirgʻiz tilida chop etilgan ikkinchi asarimdir, —deydi yozuvchi biz bilan suhbatda. — Bundan uch yil oldin “Nimkosa” (“Нымкесе”) kitobim qoʻshni davlatda chop etilib, qardosh xalq vakillariga taqdim etilgandi. Bunday xayrli ishlar hamkorlikdagi ijod mahsullarini yaratish uchun turki boʻlmoqda.

Adib qalamiga mansub hajviya va hangomalar qirgʻiz tiliga Aytmirza Abilqosimov, Uchqun Abdilazizov, Toʻraboy Joʻrayevlar tomonidan tarjima qilingan. Yangi kitob qirgʻizistonlik kitobsevarlarga manzur boʻladi, degan umiddamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер