Oʻzbek tilini yanada rivojlantirishga oid Farmon imzolandi

Shavkat Mirziyoyev “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, 2020–2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi.
Asosiy yoʻnalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
— 2025-yilga qadar davlat maktabgacha taʼlim tizimida oʻzbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;
— 2030-yilga qadar umumtaʼlim maktablarida oʻquv yillari uchun tayanch oʻquv rejalarida ona tili fanini oʻqitish koʻlamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;
— oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish;
— lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida “Oʻzbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich koʻpaytirib borish;
— 2020-yilda oʻzbek tilining lugʻat boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lugʻatlar yaratish;
— teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining oʻzbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish;
— 2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu koʻrsatkichni 25 taga yetkazish;
— dasturiy mahsulotlarning oʻzbekcha ilovalari va elektron lugʻat dasturlarini yaratish;
— xorijliklar uchun oʻzbek tilini oʻrgatuvchi dasturlar yaratish;
— 2030-yilga qadar xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻrgatuvchi markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha koʻpaytirish;
— 2025-yilga qadar “Oʻzbek tilining doʻstlari” klublari sonini 30 taga, 2030-yilgacha esa 40 taga yetkazish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring