Oʻzbek shoirasi Xosiyat Rustamova Britaniyaning “Hertfordshire Press Awards” mukofoti bilan taqdirlandi
Taniqli oʻzbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Rangin koʻzyoshlar” nomli sheʼriy toʻplami Londonda oʻtkazilgan “Hertfordshire Press Awards” tanlovi gʻolibi boʻldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tanlovda Qozogʻiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Oʻzbekiston, Bolgariya va Isroil yozuvchi va shoirlarining asarlari baholandi.
18-noyabr kuni Londonda boʻlib oʻtgan mukofot gʻoliblarini taqdirlash tantanali marosimida soʻzga chiqqan Yevroosiyo ijodiy gildiyasi raisi oʻrinbosari Marat Axmedjanov ushbu mukofot Yevroosiyo mamlakatlarining yozuvchi-shoirlariga adabiyot rivoji, shuningdek, madaniy oʻziga xoslik, har bir mamlakat va xalqlarning tarixiy anʼanalarini targʻib qilishga qoʻshgan hissasi uchun berilishini taʼkidladi.
Tanlovda taniqli oʻzbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Rangin koʻzyoshlar” nomli sheʼriy toʻplami “Tanqidchilar tanlovi” nominatsiyasi gʻolibi deb eʼlon qilindi.
Oʻz navbatida, Xosiyat Rustamova nufuzli mukofotni qoʻlga kiritgani uchun minnatdorlik bildirib, Londondagi adabiy tanlov doirasida Oʻzbekiston vakili boʻlish uning uchun sharaf ekanini taʼkidladi.
Britaniyalik madaniyat va sanʼat vakillari bilan oʻtkazilgan suhbatlar davomida ular tomonidan oʻzbek xalqining boy tarixiy merosi, zamonaviy Oʻzbekiston hududining Islom maʼdaniyati, ilm-fan va falsafasining shakllanishi hamda rivojlanishidagi roli alohida taʼkidlandi.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonlari, mamlakatimizning boy madaniy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash va targʻib qilishboʻyicha chora-tadbirlari alohida urgʻulandi.
Maʼlumot uchun, “Hertfordshire Press Awards” taqdirlash marosimi Yevrosiyo mintaqasi ijodiy va madaniy doiralari vakillarini birlashtirishga qaratilgan “Yevrosiyo ijodiy gildiyasi” tomonidan har yili tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring