Oʻzbek kinoijodkorlari Ozarbayjon filmofondiga tashrif buyurishdi
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 7-10-dekabr kunlari Baku shahrida “Oʻzbekiston kinosi kunlari” boʻlib oʻtmoqda. Bir guruh kinoijodkorlardan iborat delegatsiya aʼzolari Ozarbayjon milliy filmofondiga tashrif buyurishdi.
Filmofond rahbari Jamil Guliyev ikki mamlakat kino ijodkorlari hamkorligini davom ettirish tajriba almashish boʻyicha fikr bildirib, filmofond arxividan oʻrin olgan noyob kino va foto materiallar, qoʻlyozmalar, turli eksponatlar bilan tanishtirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov samimiy qabul va mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirib, hamkorlik uchun barcha imkoniyatlar safarbarlik qilinishini takidladi hamda Ozarbayjon milliy filmofondi rahbariga Oʻzbekiston kino sanʼati kitob-albomini taqdim etdi. Shunisi quvonarliki, filmofond arxivida oʻzbek kinosi tarixiga oid 3 mingdan ziyod fotosuratlar va 48 ta eng sara oʻzbek filmlari saqlanmoqda.
Mazkur tadbir doirasida kinorejissyor Yolqin Toʻychiyev suratga olgan “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi namoyish qilindi. Shuningdek, kino kunlari doirasida ozarbayjonlik kino muxlislariga “Mangu doʻstlik va qardoshlik”, “Ayol qismati”, “Baron 2: Sogʻinch”, “Maqsud Shayhzoda” singari badiiy va hujjatli filmlar namoyish etilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring