Oʻzbek kinoijodkorlari Gollivudda
Avval xabar berilganidek, AQSHda Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi tomonidan “Abdulla Oripov” toʻliq metrajli badiiy filmining syomka jarayonlari boʻlib oʻtmoqda. Film ijodkorlari Texas shtati Xyuston shahrida oʻzbek zamonaviy sheʼriyatining “Navoiy”si Abdulla Oripov hayotining soʻngi lahzalarini kinolentalarga muhrlash maqsadida shoir yashagan shaharda suratga olish ishlarini olib borishdi. Shuningdek, syomka jarayonlarining maʼlum qismi AQSHning Los-Anjeles shahrida ham davom etdi.
Filmda shoirning nabirasi Afsona ham rol ijro qilmoqda. Kinokartinada Abdulla Oripovning AQSHdagi hayoti, umrining soʻnggi lahzalari ham aks ettiriladi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan yaratilayotgan film bosh prodyuseri Firdavs Abduxoliqov, ssenariy mualliflari Minhojiddin Mirzo, Muqaddas Usmonova va Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Muzaffarxon Erkinov, postanovkachi operator Ravshan Mirzakamolov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring