Oʻzbek futboli va futzalining 2022-yilgi eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 26-noyabr kuni Toshkentdagi «Renessans Hall» zalida oʻzbek futboli va futzalining 2022-yilgi eng yaxshilarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
OʻFA va PFL tomonidan oʻtkazilgan «ENG ZOʻR Uz Football Awards-2022» marosimida yil davomidagi bir qator nominatsiyalar gʻoliblari eʼlon qilindi.
“Oʻzbek futboli nuroniysi” - Oʻzbek futboli tarixidagi eng yorqin yulduzlardan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi, “Shuhrat” medali sohibi — Birodar Abduraimov “Oʻzbek futboli nuroniysi” sovrini bilan taqdirlandi.
“Fidoyilik ramzi” - qariyb 35 yildan buyon qoʻqonlik futbol muxlislari, Qoʻqonga tashrif buyurayotgan futbol jamoalari uchun xizmat qilayotgan inson, 70 yoshli Anvar Oxunov» Fidoyilik ramzi» sovrini bilan taqdirlanadi. “Qoʻqon-1912”,“ Turon», “Neftchi”,” Doʻstlik-Oltiariq» kabi jamoalar muxlislari oʻz stadionlarini Anvar akaning ovozisiz tasavvur qila olmaydi.
«Feyr-pley» - Mavsum davomida eng kam byudjet aynan» Xorazm» futbol klubida edi. Superliganing ayrim jamoalari “Xorazm” klubining smetasidan 20 barobar koʻpiga ega. Shunga qaramay, xorazmlik futbolchilar haqiqiy iroda koʻrsatdi. Yigitlar bir necha oy maosh olmagan holatida ham gʻurur va nomusidan voz kechmadi. Ular oʻz ota-onasi, oilasi va muxlislari uchun oxirigacha jang qildi. Oʻta kam smeta bilan Pro liganing toʻrtinchi jamoasi boʻlish tahsinga sazovor.
“Eng yaxshi yoshlar murabbiyi” - Oʻzbekiston U-18 jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov bu sovringa munosib topildi.
“Ayollar Oliy ligasi toʻpurari” - “Soʻgʻdiyona-W” klubi yetakchisi Diyora Habibullayeva 37 ta gol bilan joriy mavsumning Ayollar Oliy ligasi toʻpurariga aylandi.
“Ayollar Oliy ligasi yil futbolchisi” - “Sevinch” klubi vakilasi Maftuna Shoyimova “Ayollar Oliy ligasi yil futbolchisi” sovrinini qoʻlga kiritdi.
“Ayollar Oliy ligasi murabbiyi” - “Sevinch” klubi bosh murabbiyi Vladislav Xan “Ayollar Oliy ligasi murabbiyi” sovrinini qoʻlga kiritdi.
Yil hakamlari — Vadim Agishev va Roziyabonu Yusupova
Oʻzbekistonning 2022-yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi - Abbosbek Fayzullayev (Paxtakor va Oʻzbekiston U20 jamoasi aʼzosi).
19 yoshli yarimhimoyachi “Paxtakor” bilan Superligada chempion boʻldi, 21ta bahsda 5ta gol va 2ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Oʻzbekiston U-23 safida Osiyo kubogida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekistonda 2022-yilning eng yaxshi futzal murabbiyi - Bahodir Ahmedov. Murabbiy Oʻzbekiston milliy jamoasi bilan Osiyo Kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi, «Jizzax Kenteks»ni Oʻzbekiston chempioniga aylantirdi.
Oʻzbekistonning 2022-yildagi eng yaxshi futzalchisi - Husniddin Nishonov. Samarqand futzal maktabi tarbiyalanuvchisi Oʻzbekiston milliy jamoasi safida Osiyo Kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi, «Jizzax Kenteks» bilan mamlakat chempioniga aylandi.
Pro ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi - Viktor Kumikov. Murabbiy “Andijon”ni Pro ligada chempion qilib, Superligaga qaytardi.
Pro ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi - Roʻzimboy Ahmedov. 23ta gol urgan “Buxoro” hujumchisi toʻpurar boʻldi va jamoasi bilan Superligaga qaytdi.
Pro liga, U-21 va ayollar chempionati translyatsiyalari uchun Sports.uz sayti va sharhlovchi Xayrulla Hamidov maxsus sovrin bilan taqdirlandi.
Superligada yilning eng yaxshi murabbiyi – Roʻziqul Berdiyev. Uning qoʻl ostida “Nasaf” Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritdi, Superligada 3-oʻrinni egalladi.
Superliganing eng yaxshi futbolchisi va toʻpurari – Dragan Cheran. Hujumchi 20ta gol bilan chempionatda toʻpurar boʻlib, “Paxtakor”ning chempion boʻlishiga hissa qoʻshdi.
Superliga-2022 mavsumining eng chiroyli goli muallifi - Islom Toshpoʻlatov. “Surxon” yarimhimoyachisining “Qoʻqon-1912” (3:2) darvozasiga urgan supergoli nominatsiyada gʻolib boʻldi.
Oʻzbekistonning 2022-yildagi eng yaxshi murabbiyi - Temur Kapadze. Uning boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-23 milliy jamoasi Osiyo Kubogida finalgacha yetib bordi, uning qoʻl ostida Superligada debyut qilgan «Olimpik» mavsumni 6-oʻrinda yakunladi.
Oʻzbekistonning 2022-yildagi eng yaxshi futbolchisi – Jamshid Iskanderov. Yarimhimoyachi “Navbahor” bilan Superligada va Oʻzbekiston Kubogida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 29ta oʻyinda 9ta gol va 6ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
Nominatsiyalar eʼlon qilingach, Superligada mavsum ramziy jamoasi aniqlandi:
Superliga-2022 ramziy jamoasi:
Darvozabon: Oʻtkir Yusupov
Himoyachilar: Dilshod Saitov (“Nasaf”), Husniddin Aliqulov (“Nasaf”), Rustam Ashurmatov (“Navbahor”), Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”)
Yarim himoyachilar: Abdurauf Boʻriyev («Olimpik»), Sardor Sobirxoʻjayev (“Paxtakor”), Xurshid Gʻiyosov («Olimpik»), Otabek Joʻraqoʻziyev («Olimpik»), Jamshid Iskanderov (“Navbahor”)
Hujumchi: Dragan Cheran (“Paxtakor”)
Murabbiy: Maksim Shaskix (“Paxtakor”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring