Oʻzbek filmi Minsk kinofestivalida mukofot oldi
“Listapad” nomli XXIX Minsk xalqaro kino festivalida rejissyorlarimiz filmlari ham namoyish etildi.
Tashkilotchilar maʼlumotiga koʻra, bu yil anjumanda qatnashish uchun 107 davlatdan 2087 talab tushgan. Eng koʻp ariza Rossiya, Eron, Hindiston, Braziliya va Xitoy tomonidan taqdim etilgan.
Festival doirasida “Oʻzbek kinosi kuni” boʻlib oʻtdi.
Taniqli kinorejissyorimiz Yolqin Toʻychiyevning “Evrilish” asari MDH Ijroiya qoʻmitasining “Chegarasiz kino” maxsus mukofotiga sazovor boʻldi.
Taqdirlash marosimida soʻzga chiqqan MDH bosh kotibi oʻrinbosari Leonid Anfimov mazkur kartinada hayotiy sharoit, turli sinovlardan qatʼi nazar, insonparvarlik, mehr-shafqat, doʻstlik tuygʻulari ustuvor ekani, muhabbatni asrab-avaylash har doim muhimligi tomoshabinga yana bir bor eslatilganini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring