Oʻzaro hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

11:37 27 Sentyabr 2024 Jamiyat
9706 0

Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida savdo-sanoat, investitsiya, turizm, transport hamda telekommunikatsiya yoʻnalishlarida hamkorlik faol rivojlanmoqda. Xiva shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Malayziya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forum ushbu aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Forumda Xorazm viloyatidagi korxonalarning investitsion loyihalari taqdimoti namoyish etilib, “B2B” formatida tashkil etilgan uchrashuvlarda iqtisodiyotning qator yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

— Oʻzbekistonga tashrifimiz davomida xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlar bilan tanishdik, — deydi Malayziyaning Selangor shtati gubernatorining infratuzilma va qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari Izham bin Hoshim. — Ikki kunlik forumda yirik ishlab chiqarish korxonalariga bordik. Mahalliy tadbirkorlar bilan ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzoladik.

Maʼlumot oʻrnida, Malayziya iqtisodiyoti nominal YAIM boʻyicha Janubiy-Sharqiy Osiyoda oltinchi va dunyoda 36-oʻrinda boʻlib, joriy yil oxirigacha nominal YIM hajmi qariyb yarim trillion AQSH dollariga yetishi bashorat qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер