Ozarbayjonda Zulfiqor Musoqovning “Vatan“ filmi xalq sevgan filmlardan biri ekanligi aytildi
Arxiv foto
Ozarbayjonda davom etayotgan “Oʻzbekiston kinosi kunlari“ haftaligi doirasida Nizomiy kinoteatrida rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqoʻrgʻon“ badiiy filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
“Film taqdim etilarkan, tomoshabinlarimiz, kinoshunoslarimiz kartina soʻnggigacha katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Urush mavzusi birgina millatning ogʻriqli nuqtasi emas. Kartinadagi umuminsoniy iztiroblar bizni befarq qoldirmadi. Koʻryapmizki, urush fonida ijtimoiy muammolar, zamon va makon tanlamas tuygʻular aks ettirilgan“, deydi Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vazirligi kinematografiya boʻlimi boshligʻi Jahongir Mamedov.
Ozarbayjonlik kinoshunoslar Zulfiqor Musoqovning “Vatan“ filmi Ozarbayjonda katta qiziqish bilan koʻrilishini, xalq sevgan filmlardan biri ekanini aytishdi.
“Oʻzbekiston kinosi kunlari“ haftaligida 10 ta (6 ta badiiy, 4 ta hujjatli) oʻzbek filmi namoyish etiladi.
Ozarbayjonlik kinomuxlislarga Abduxalil Mignorovning “Abu Iso Muhammad Termiziy“, Umid Hamdamovning “Issiq non“, Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqoʻrgʻon“ kabi badiiy filmlari, Shuhrat Mahmudovning “Raqs jozibasi“, Doniyor Shokirovning “Hunarmandlar oʻlkasi“ hujjatli filmlari taqdim qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, Ozarbayjonda “Oʻzbekiston kinosi kunlari“ haftaligi 24-noyabrga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring